logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:15
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Real" bu mavsumda "Bernabeu"dan 400 mln evrodan ko'proq daromad olishni rejalashtirmoqda

 26 DEKABR, 2025, 05:00

"Real" bu mavsumda yangilangan "Santyago Bernabeu"dan 400 mln evrodan ko'proq mablag' ishlab olmoqchi.

AS xabariga ko'ra, klubning umumiy daromadi 1,248 milliard evro (o'tgan mavsumga nisbatan +5 foiz) bo'lishi kutilmoqda va taxminan uchdan bir qismi, ya'ni 402,5 million evro stadiondan tushadigan daromadga to'g'ri keladi.

O'tgan mavsumda faqatgina majmua ichidagi biznes faoliyati hisobiga (o'yinlar uchun chiptalar sotuvini hisobga olmaganda) klub 79,1 mln evro ishlab topgan, shundan 52,6 mln evro "Bernabeu" bo'ylab turlardan, 15,4 mln evro turli tadbirlar va kontsertlardan, 10,3 mln evro restoranlardan tushgan.

Bu mavsumda turlardan tushumlar 31 foizga o'sishi kerak. Shuningdek, gastronomik hududlar, VIP zonalar va xalqaro tadbirlar tufayli daromadlar sezilarli darajada oshishi kutilmoqda. Bundan tashqari, "Bernabeu"ning asosiy durdonasi hisoblangan SkyBar hanuzgacha ochilmagan.

Tez orada kontsert faoliyati to'liq tiklanishi va Bernabéu Infinito (Apple bilan hamkorlikda) loyihasi ishga tushirilishi kutilmoqda, bu esa stadionga virtual reallik ko'zoynaklari orqali tashrif buyurish imkonini beradi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ