logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:33
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"MYu" va "Tottenxem" Afrika kubogiga skautlar jo'natdi

 26 DEKABR, 2025, 04:54

Yan Diomandega "Manchester Yunayted" qiziqish bildirmoqda.

Avvalroq, "Leyptsig"ning 19 yoshli futbolchisini "Liverpul", "Manchester Siti", "Chelsi", "Tottenxem" va boshqa ko'plab klublar kuzatib borayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Insayder Fabritsio Romanoning yozishicha, "MYu" ham "shporlar" singari so'nggi vaqtlarda Kot-d'Ivuar terma jamoasi futbolchisining o'yinlariga skautlar yuborgan.

Shu bilan birga, "Leyptsig" u bilan qachon xayrlashishga rozi bo'lishi mumkinligi hozircha noma'lum. 2025 yilda klub transferlardan katta mablag' oldi va 2026 yilda Diomandeni sotishga ehtiyoj sezmasligi mumkin.

19 yoshli futbolchining hisobida joriy mavsum Bundesligada 14 ta o'yin va 6 ta gol bor.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ