logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:07
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

APL himoyachisi "Barselona"ga o'tishga tayyor, ammo muammo bor

 26 DEKABR, 2025, 04:24

"Bornmut" markaziy himoyachisi Markos Senesi "Barselona"ga o'tish variantini ma'qullamoqda.

"Ko'k-anorranglilar" argentinalik futbolchiga asosiy da'vogarlardan biri sifatida ko'rilmoqda. Senesi transferga qiziqish bildirmoqda, biroq "Barselona" yarim yildan so'ng erkin agent sifatida qo'yib yuboriladigan futbolchi uchun pul to'lashni istamayapti, deb xabar beradi Sport. Shu bilan birga, manbaning ta'kidlashicha, Kataloniya klubi 28 yoshli futbolchini ijaraga olishi va uning amaldagi shartnomasi bo'yicha barcha maoshini qoplashi mumkin, shuningdek, sezilarli darajada arzonlashtirilgan narxda sotib olish ham istisno etilmaydi.

Ba'zi ma'lumotlarga ko'ra, Markos Senesiga Madridning "Atletiko" va "Yuventus" klublari ham qiziqish bildirmoqda. Transfermarkt portali sentrbekning narxini 22 mln evroga baholamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ