logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:55
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Glasner "Kristal Pelas"ni tark etishi mumkin

 26 DEKABR, 2025, 04:12

"Kristal Pelas" bosh murabbiyi Oliver Glasner klub bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmayapti.

Avstriyalikning "burgutlar" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2026 yilning yozida tugaydi, biroq mutaxassis kelishuvni uzaytirish bo'yicha muzokaralar olib bormoqchi emas, deb xabar beradi nufuzli insayder Fabritsio Romano.

Oliver Glasner 2024 yilning fevralida "Kristal Pelas"ni qabul qilib olgandi. 51 yoshli murabbiy qo'l ostida londonliklar Angliya kubogi va mamlakat Superkubogi g'olibi bo'lishdi. Ayni paytda jamoa Premer-liga turnir jadvalida sakkizinchi o'rinni egallab turibdi.

Angliyaga ko'chib o'tishdan oldin Glasner Frankfurtning "Ayntraxt" klubida ishlagan va u bilan Evropa Ligasida g'alaba qozongan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ