logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:08
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Fabritsio Romano: "Barselona" va "Yuventus" bir futbolchiga qiziqish bildirmoqda

 25 DEKABR, 2025, 22:30

"Barselona" va "Yuventus" Markos Senesiga qiziqish bildirayotgan klublar sirasiga kiradi. Gap "Bornmut" markaziy himoyachisi haqida ketmoqda. 28 yoshli argentinalik futbolchiga "Barselona" va "Yuventus" klublari qiziqish bildirayotgani haqida taniqli jurnalist Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlarda yozmoqda.

Senesining "Bornmut" bilan amaldagi shartnomasi 2025/2026 yilgi mavsum oxirigacha mo'ljallangan. Shu tariqa, kelasi yozda argentinalik himoyachini erkin agent sifatida o'z safiga qo'shib olish mumkin bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, nufuzli Transfermarkt portali mutaxassislari Markos Senesini 22 million evroga baholamoqda.

"Bornmut" ayni damda APL jadvalida 15-o'rinda bormoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ