logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:41
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Atletiko" hujumchisining "Roma"ga transfer shartlari ma'lum bo'ldi

 25 DEKABR, 2025, 22:24

Hujumchi Jakomo Raspadori vatani Italiyaga qaytishi mumkin - 25 yoshli futbolchiga "Roma" qiziqish bildirmoqda. Marca nashrining o'z sahifalarida ma'lum qilishicha, A Seriya klubi Raspadorining ijarasi uchun 20 million evroga sotib olish sharti bilan 2 million evro taklif qilgan.

"Atletiko" bu taklifni faqat sotib olish optsiyasi majburiy bo'lgan taqdirdagina qabul qiladi. Madridliklar o'tgan yozda forvard uchun sarflagan 22 million evroni qaytarib olmoqchi.

"Atletiko" safida Jakomo Raspadori 14 ta rasmiy o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga ikkita gol va uchta golli uzatma yozdirib qo'ygan. Madridliklar La Liga turnir jadvalida uchinchi o'rinni egallab turibdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ