logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 09:07
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Mareska "Aston Villa"ga qarshi o'yindan oldin Palmerning holati bo'yicha ma'lumot berdi

 25 DEKABR, 2025, 18:36

"Chelsi" bosh murabbiyi Entso Mareskaning ishonch bildirishicha, yarim himoyachi Koul Plamer 27 dekabr kuni Angliya chempionatining 18-turidan o'rin olgan "Aston Villa"ga qarshi bahsda to'liq 90 daqiqa o'ynay oladi.

"Menimcha, Koul to'liq 90 daqiqa o'ynashga tayyor, ha. U "Everton"ga qarshi bir soat, keyin esa "Nyukasl"ga qarshi 70 daqiqadan ko'proq o'ynadi. Shunday ekan, o'ylaymanki, oldinga siljish bor, u o'zini yaxshi his qilmoqda va hozir u to'liq 90 daqiqa o'ynay olishiga ishonaman," - deya Mareskaning so'zlarini keltiradi klub rasmiy sayti.

Angliya chempionatining joriy mavsumida 23 yoshli Koul Palmer 7 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Shuningdek, uning hisobida Chempionlar Ligasida bitta o'yin va bitta gol bor.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ