«Real»ning yana bir yulduzi maoshining oshishini istamoqda
25 DEKABR, 2025, 18:18
Madridning "Real" klubi hujumkor yarim himoyachisi Jud Bellingem klubdan maoshi oshirilishini kutmoqda.
Marca xabariga ko'ra, 22 yoshli futbolchi klub uning jamoaga qo'shgan hissasi nuqtai nazaridan shartlarni qayta ko'rib chiqishini kutmoqda - hozircha tafsilotlar yo'q.
Jud hozirda yiliga 22 million evro atrofida maosh oladi.
Avvalroq, "qirollik klubi"da Vinisius maoshini 30 million evroga (Mbappe bilan bir xil) oshirish maqsadida yangi shartnoma imzolashni kechiktirayotgani aytilgan edi.
