"Liverpul" yarim himoyachisi ijaradan qaytmoqda
25 DEKABR, 2025, 17:30
Yarim himoyachi Xarvi Elliott muddatidan avval "Liverpul"ga qaytadi. Sentyabr oyidan buyon futbolchi ijara asosida "Aston Villa" sharafini himoya qilmoqda.
Insayder Fabritsio Romanoning ma'lum qilishicha, bitim qishki transferlar davrida bekor qilinadi. Shundan so'ng "Liverpul" o'z futbolchisi bilan bog'liq vaziyatga baho beradi. Eliott yo klubda qoladi, yo yana boshqa jamoaga ijaraga ketadi. Biroq, FIFA qoidalariga ko'ra, Xarvi faqat evrokuboklarda ishtirok etmaydigan klubda o'ynashi mumkin.
Xarvi Elliott "Liverpul"ga 2019 yilda "Fulxem"dan 1,7 million evro evaziga o'tgandi. Uning shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar imzolangan. Joriy mavsumda yarim himoyachi ettita o'yinda maydonga tushib, bitta gol urdi.
