Rabo Rafael Leau haqida gapirdi
25 DEKABR, 2025, 17:18
"Milan" yarimhimoyachisi Adrien Rabo jamoadoshi portugaliyalik vinger Rafael Leau haqida gapirdi.
"Rafa Leau katta salohiyatga ega desak adolatdan bo'ladi: u kuchli, buni isbotladi. Bu erga kelganimdan beri Leau o'zgarib ketdi. Ishga munosabat darajasida u boshqacha bo'lib qoldi va bu juda muhim jihat. U yuqori darajadagi o'yinchi va biz buni yaxshi bilamiz. Shu bilan birga u o'sishda davom etishi kerak. Hammasi uning o'ziga bog'liq", - deya Raboning so'zlarini keltiradi La Gazzetta dello Sport.
Trnasfermarkt internet portali Rafael Leauning bozor narxini 70 mln evroga baholamoqda. U joriy mavsum "Milan" safida barcha musobaqalarda 12 ta o'yinda maydonga tushdi va 6 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
