logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 06:10
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Arsenal" "Milan"ning 19 yoshli iste'dodiga qiziqishda davom etmoqda

 25 DEKABR, 2025, 17:12

"Milan" himoyachisi Davide Bartezagi Londonning "Arsenal" klubiga o'tishi mumkin. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, "kanonirlar" 19 yoshli italiyalik futbolchini o'z safiga qo'shib olishga katta qiziqish bildirmoqda. Joriy mavsumda Bartezagi "Milan"ning asosiy tarkibiga mustahkam o'rnashib oldi, ammo "Arsenal"ga o'tgan taqdirda unga hech kim hech narsa kafolatlamaydi. Ingliz klubida Bartesagi tarkib uchun raqobatlashishiga to'g'ri keladi.

Joriy mavsumda himoyachi barcha musobaqalarda 13 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt portali mutaxassislari Bartezagining narxini 18 million evroga baholamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ