logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:38
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Arsenal" Maynuni kuzatib bormoqda

 25 DEKABR, 2025, 16:42

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Kobbi Maynu Angliya Premer-ligasining boshqa bir grandiga o'tishi mumkin.

Talking Ball nashri tarqatgan xabarga ko'ra 20 yoshli xavbek xizmatiga Londonning "Arsenal" klubi qiziqish bildirmoqda. "Kanonirlar" yanvar oyidayoq futbolchini qo'lga kiritishga urinib ko'rishi mumkin. Hozirda klublar Maynuni ijaraga olish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda, ammo hali kelishuvga erishilgani yo'q. Qayd etilishicha, futbolchining o'zi "Arsenal"ga o'tish variantiga qiziqmoqda.

Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida Maynu 11 ta uchrashuvda maydonga tushdi va ularda samarali harakat qilmadi.

Maynuning "Manchester Yunayted" bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali yarim himoyachining narxini 40 million evroga baholamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ