Transfermarkt: «Real» dunyodagi eng qimmat tarkibga ega, «Arsenal» va «Manchester Siti» kuchli uchlikda
25 DEKABR, 2025, 15:30
Nufuzli Transfermarkt internet-portali jamoalar tarkibining qiymati bo'yicha reyting tuzdi. Manba ma'lumotlariga ko'ra, dunyodagi eng qimmat tarkib Madridning «Real» klubiga tegishli — «qaymoqranglar»ning asosiy jamoasi futbolchilarining umumiy qiymati 1,38 mlrd evroni tashkil etadi.
Eng qimmat tarkibga ega klublardan iborat top-10 quyidagicha:
1. «Real» Madrid — 1,38 mlrd evro.
2. «Arsenal» — 1,29 mlrd evro.
3. «Manchester Siti» — 1,19 mlrd evro.
4. «PSJ» — 1,19 mlrd evro.
5. «Chelsi» — 1,18 mlrd evro.
6. «Barselona» — 1,12 mlrd evro.
7. «Liverpul» — 1,04 mlrd evro.
8. «Bavariya» — 980 mln evro.
9. «Tottenxem» — 878,5 mln evro.
10. «Manchester Yunayted» — 719,5 mln evro.
