logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:06
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Milan» frantsuz hujumchisi bilan xayrlashishga tayyor

 25 DEKABR, 2025, 12:18

"Milan" hujumchisi Kristofer Nkunku qishki transferlar davrida jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, "Milan" frantsiyalik hujumchining o'yinlaridan norozi va agar yaxshi taklif tushsa, uni sotib yuborish masalasini ko'rib chiqishga tayyor. Ta'kidlanishicha, Nkunkuning italyan klubidagi maoshi yiliga besh million evroni tashkil etadi.

Joriy yilning yozida "Milan" Nkunkuni "Chelsi"dan 37+5 mln evroga sotib olgandi. "Rossonerilar" tarkibida hujumchi barcha musobaqalarda 14 ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ