logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:15
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Gvardiola «Man Siti»ning ikki futbolchisini rejalaridan chiqarib tashladi

 25 DEKABR, 2025, 11:54

Bir vaqtning o'zida ikki futbolchi qishki transfer oynasida "Manchester Siti"ni tark etishi mumkin. Bu haqda M.E.N nashri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, "shaharliklar" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola tayanch yarim himoyachisi Kelvin Fillipsga ortiq ishonmayapti. Klub munosib taklif bo'lsa, futbolchini qo'yib yuborishga tayyor.

Shuningdek, "Manchester Siti" so'nggi paytlarda tez-tez jarohat olayotgan Oskar Bobb bilan ham xayrlashishi mumkin. Ingliz grandi vingerni ijaraga berishga tayyor, ammo uni to'liq sotishni ham ko'rib chiqadi.

Joriy mavsumda Fillips Liga kubogining faqat bitta o'yinida maydonga tushib, 7 daqiqa o'ynadi. Bobba barcha turnirlarda 15 ta o'yinda maydonga tushdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ