logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 09:11
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Barselona" himoyani kuchaytirishning yana bir variantini topdi

 25 DEKABR, 2025, 10:36

"Barselona" qishki transferlar vaqtida himoya markazini kuchaytirish variantlarini o'rganishda davom etmoqda. "Ko'k-anorranglilar" "hamyonbop" narxga ega munosib yangi futbolchini topishga umid qilmoqda.

Diario SPORT nashri tarqatgan xabarga ko'ra, La Liga grandi qiziqishlari doirasiga Berlinning "Union" klubidan Diogu Leyte tushgan. Portugaliyalik futbolchi talablarga javob beradi va yanvar oyida sotib olinishi mumkin.

23 yanvar kuni Diogu Leyte 27 yoshga to'ladi, uning "Union" bilan shartnomasi joriy mavsum yakunlangach tugaydi. Nufuzli Transfermarkt portali mutaxassislari futbolchining narxini 12 mln evroga baholamoqda.

Leite ikki marta Portugaliya terma jamoasiga chaqirilgan, ammo milliy terma jamoada debyut qilmagan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ