Bektemir Meliqo'ziev Saul Alvaresga murojaat qildi
25 DEKABR, 2025, 09:32
Professional bokschimiz Bektemir Meliqo'ziev meksikalik boks yulduzi Saul "Kanelo" Alvares bilan jang qilmoqchi.U Instagramdagi sahifasida Kaneloga murojaat qildi.
"Ketma-ket uchta eliminator jangida qatnashdim.
Krouford o'yindan chiqdi. Kanelo, men kamar xohlayman. Doimo tayyorman, bahonalar o'tmaydi.
Qani ketdik", - deya xabar yozdi Bektemir ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Manba: olamsport.com
