logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:01
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Goretska "Bavariya"ni Ispaniya top-klubiga almashtirishga tayyor

 25 DEKABR, 2025, 08:54

"Bavariya" yarim himoyachisi Leon Goretska Madridning "Atletiko" klubiga o'tishga rozi bo'ldi.

"Matraschilar" myunxenliklar bilan amaldagi shartnomasi mavsum yakunlangach o'z nihoyasiga etadigan 30 yoshli futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchi. AS xabariga ko'ra, futbolchi "Atletiko"ga o'tishga tayyor, ammo kelajagi borasida hali yakuniy qarorga kelmagan.

"Bavariya" Leon Goretskaga maoshini qisqartirgan holda shartnomani uzaytirishni taklif qilishi ehtimoli yo'q emas, bunda xavbek ham zaxiradagi futbolchiga rozi bo'lishiga to'g'ri keladi. Transfermarkt portali nemisning narxini 15 mln evroga baholamoqda, unga avvalroq "Yuventus" va "Fenerbaxche" klublari qiziqish bildirayotgandi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ