Fermin Lopes kelajak uchun klub tanladi
25 DEKABR, 2025, 08:30
"Barselona" yarim himoyachisi Fermin Lopes butun faoliyatini Kataloniya klubida o'tkazmoqchi.
"Umid qilamanki, mening kelajagim doimo "Barselona" bilan bog'liq bo'ladi," - deya Lopesning so'zlarini keltiradi insayder Fabritsio Romano.
Lopes 2016 yilda "Betis" akademiyasidan "Barselona" yoshlar akademiyasiga o'tgan. Ispaniyalik futbolchi asosiy jamoa safida 108 ta o'yin o'tkazib, 26 ta gol urgan va 15 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Lopesning "Barselona" bilan shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo'ljallangan.
