"Espanol" "Barselona" darvozaboni Joan Garsiyani muxlislardan himoya qilishiga to'g'ri keladi
25 DEKABR, 2025, 05:54
Yozda darvozabon Joan Garsiya "Espanol"dan "Barselona"ga ko'chib o'tdi va bu o'z klubi muxlislarini g'azablantirdi.
3 yanvar kuni "oq-ko'klar" o'z maydonida "Barsa"ni qabul qiladi, unda mahalliy muxlislar darvozabonni "iliq" kutib olishadi. Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko'ra "Espanol" Garsiyaga tribunadan otilgan buyumlar tegmasligi uchun darvoza ortiga maxsus himoya to'rlarini o'rnatishiga to'g'ri keladi. Klubdagilar bu tajovuzkor muxlislar tufayli yuzaga kelishi mumkin bo'lgan sanktsiyalardan qochishga yordam berishiga umid qilmoqda.
