logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 08:11
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Tottenxem" futbolchisining agenti "Inter"ga o'tishi mumkinligiga shama qildi

 25 DEKABR, 2025, 04:54

"Tottenxem" markaziy himoyachisi Radu Dregushinning agenti futbolchining tez orada jamoani tark etishi mumkinligini istisno qilmayapti.

23 yoshli futbolchining manfaatlarini himoya qilayotgan Florin Manya uni Angliyada zaxira o'yinchisi bo'lish qoniqtirmasligini ma'lum qildi.

"Ayni paytda "Tottenxem" Raduni sotmoqchi emas, ammo u kam o'yin amaliyotiga ega bo'lsa, turli variantlarni ko'rib chiqamiz. Hozircha menga hech kim qo'ng'iroq qilgani yo'q, lekin Angliyadan qiziqish borligini bilaman. Gap kichik klublar haqida ketmoqda, shuning uchun Italiyaga ustunlik berilmoqda.

"Inter" yozda markaziy himoyachi qidirishini bilaman. Agar Radu ko'proq o'ynashi kerak, degan qarorga kelsak, ular bilan bog'lanamiz. Balki Kristian Kivuning o'zi menga qo'ng'iroq qilar," - deya agent Dregushinning so'zlarini keltiradi GIFN.

Transfermarkt portali futbolchining narxini 22 mln evroga baholamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ