Myuller: "Bavariya"da Virtsga osonroq bo'lar edi"
24 DEKABR, 2025, 22:24
Germaniyalik taniqli futbolchi Tomas Myuller Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida "Liverpul" safida Florian Virtsning o'yini haqida fikr bildirdi.
Myullerning ta'kidlashicha, Virts Angliyaga ko'chib o'tib, kelajagi borasida noto'g'ri qaror qabul qilgan.
"U futbol nuqtai nazaridan "Bavariya"ga moslashishi osonroq bo'lishi aniq edi, chunki u o'sha ligada qolgan bo'lardi," - deya futbolchining so'zlarini keltiradi Süddeutsche Zeitung.
Eslatib o'tamiz, hujumkor yarim himoyachi yozda Leverkuzenning "Bayer" klubidan "Liverpul" safiga qo'shilgan edi. Virts mersisaydliklarga 125 mln evroga tushgan. Angliyada futbolchi 22 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ygan.
