logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:03
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

APLda eng yuqori samaradorlik ko'rsatayotgan yangi futbolchilar ro'yxati

 24 DEKABR, 2025, 18:18

"Liverpul" forvardi Ugo Ekitike Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida sakkizta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Bu bilan frantsuz qiziqarli reytingda etakchilikni qo'lga kiritdi, deb yozadi WhoScored.

Ekitike gol+pas tizimida to'qqiz ochko jamg'arib, APLda eng ko'p golda qatnashayotgan yangi futbolchiga aylandi. Frantsuz o'tgan yozda "Ayntraxt"dan 95 mln evro evaziga "Liverpul"ga o'tgandi.

Eng ko'p golda ishtirok etgan yangi futbolchilar uchligidan "Chelsi" vingeri Joao Pedro va "Nyukasl" forvardi Nik Voltemade ham o'rin olgan - har ikki futbolchi hisobida 8tadan ochko bor.

Brayan Mbeumo ("Manchester Yunayted"), Dominik Kalvert-Lyuin ("Lids"), Muhammad Quddus ("Tottenxem") va Rayan Sherki ("Manchester Siti") 7 ochkodan jamg'ardi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ