Mbappe "Real"ni tark etgan Endrikka yuzlandi
24 DEKABR, 2025, 13:30
"Real" hujumchisi Kilian Mbappe Endrikning "Lion"ga o'tishi haqida fikr bildirdi. Seshanba kuni frantsuz klubi 19 yoshli futbolchini ijaraga olganini rasman e'lon qildi. Hujumchi joriy mavsum yakuniga qadar "to'quvchilar" safida to'p tepadi.
"Yangi vazifangni uddala, birodar. Omad yor bo'lsin," - deya Mbappe Endrikning "Lion"ga o'tishi haqidagi e'loniga izoh qoldirdi.
Braziliyalik futbolchi joriy mavsumda Xabi Alonso jamoasining uchta o'yinida ishtirok etdi, ammo samarali harakatlar ko'rsata olmadi.
