Pedri: "Flik ko'p narsani o'zgartirdi"
24 DEKABR, 2025, 12:48
"Barselona" yarim himoyachisi Pedri jamoa bosh murabbiyi Xans-Diter Flik haqida fikr bildirdi.
"Flik - bu ulkan kuch. Klub ichida jiddiy yondashuv nuqtai nazaridan u ko'p narsani o'zgartirdi. U klubga nemischa ruh berdi. Kundalik hayotda u oilaga juda yo'naltirilgan. U har doim bizga yordam beradi va maslahatlar beradi, ayniqsa, taktik masalalarda," - deya Pedrining so'zlarini keltiradi jurnalist Fabritsio Romano.
