logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:40
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Manchester Siti" "Bornmut" bilan kelishishga harakat qiladi

 24 DEKABR, 2025, 12:36

"Manchester Siti" va "Bornmut" jamoalari vinger Antuan Semenoning transferi tafsilotlarini muhokama qiladi.

"Shaharliklar" allaqachon futbolchining o'zini ko'ndirishga muvaffaq bo'lishgan va tez orada "giloslar" rahbariyati bilan kelishuvga erishilishi kutilmoqda. 25 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasida 65 mln funt (deyarli 75 mln evro) miqdorida tovon puli belgilangan bo'lib, u 10 yanvarga qadar amal qiladi, ammo klublar bitim tafsilotlariga o'zgartirish kiritishi mumkin. Insayder Fabritsio Romanoning yozishicha, "Manchester Siti" transferning ayrim shartlarini, jumladan, to'lovlar tarkibini o'zgartirmoqchi.

Antuan Semenoga "Manchester Yunayted" ham da'vogarlik qilgandi, ammo ganalik Manchesterning boshqa grandini afzal ko'rdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ