Pedri "Barselona"ning Chempionlar Ligasidagi asosiy raqiblarini sanadi
24 DEKABR, 2025, 12:18
Kataloniyaning "Barselona" klubi xavbeki Pedri "ko'k-anorranglilar"ning Evropa Chempionlar ligasidagi asosiy raqobatchilari qaysi klublar ekanini aytdi.
"PSJ"ni aytaman. Bu amaldagi kubok egasi. Londonning "Arsenal" klubi hozirda kuchli jamoaga ega. Bu ro'yxatga yana "Real" va "Manchester Siti" klublarini ham kiritaman," - deya ispaniyalik yarim himoyachining so'zlarini keltiradi Esquire.
"Barselona" o'tkazilgan olti turdan so'ng o'n ochko to'pladi va Chempionlar Ligasi umumiy turnir jadvalida atigi 15-o'rinda bormoqda. Xans-Diter Flik shogirdlari pley-offga to'g'ridan-to'g'ri chiqish zonasidan 2 ochko ortda qolmoqda.
