logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 01:38
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Vinus Uilyams o'zidan sakkiz yosh katta aktyorga turmushga chiqdi. To'y 5 kun davom etdi + FOTO

 24 DEKABR, 2025, 11:32

"Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi turnirlarning etti karra g'olibasi, jahonning sobiq birinchi raketkasi, 45 yoshli amerikalik tennischi Vinus Uilyams va 37 yoshli daniyalik aktyor Andrea Preti o'zaro hayot yo'llarini bog'lashdi.

Vogue nashrining yozishicha, juftlik to'y marosimini AQSHning Florida shtatida o'tkazgan. Bayram bir qator moda tadbirlarini o'z ichiga olgan holda besh kun davom etdi.

Avvalroq jurnal Uilyamsni 2025 yilning eng zamonaviy odamlaridan biri sifatida etirof etgan edi. Uning US Open liboslari nashr tomonidan yilning eng yaxshi 55 ta libosi ro'yxatiga kiritilgandi.

Dekabr oyi boshida sportchi ijtimoiy tarmoqlarda Preti bilan unashtirilganini tasdiqlagan edi.












Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ