logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 10:08
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Merab, Islam va Petr o'rtasida "Yilning eng yaxshi jangchisi" aniqlandi

 24 DEKABR, 2025, 11:16

Turli MMA tashkilotlari, nashrlar tomonidan yakuniga etib borayotgan 2025 yilning eng yaxshilari aniqlanmoqda.

Xususan, eng engil vaznda (61 kg gacha) UFC chempioni Merab Dvalishvili Amerikaning nufuzli MMAJunkie sayti talqiniga ko'ra yilning eng yaxshi jangchisi deb topildi.

"Ha, Merab Dvalishvili so'nggi jangida mag'lub bo'ldi, ammo uning so'nggi 12 oy ichida erishgan yutuqlari va bizni hayratda qoldirgani, ehtimol, o'zini eng engil vazn toifasida barcha davrlarning eng buyuk jangchisi sifatida ko'rsatgani yil yakunlari bo'yicha eng yaxshi bo'lishga davogar bo'lgan har qanday nomzoddan ko'ra ko'proq ajralib turadi", - deyiladi press-relizda.

MMAJunkie muxbirlari uch nomzod - Merab Dvalishvili, Islam Maxachev va Pyotr Yan uchun o'zaro ovoz berishdi. Natijada gruziyalik 34 yoshli aralash yakkakurash ustasi oltita, Islam beshta, Pyotr esa bitta ovoz oldi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ