logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:27
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Reshford - "MYu"dagi muvaffaqiyatsizlik haqida: "Men uchun eng katta maqsadlar qo'yilmagan klubda o'zimni ruhlantirish va bor kuchimni sarflash qiyinroq"

 24 DEKABR, 2025, 08:24

"Barselona" futbolchisi Markus Reshford motivatsiya haqida gapirdi. Angliyalik futbolchining o'zi tug'ilib o'sgan "Manchester Yunayted"dagi so'nggi mavsumlari u uchun yaxshi o'tmadi. Joriy mavsum boshida vingerni Kataloniya grandi ijaraga olgandi - o'shandan beri futbolchi o'zini ancha yaxshi ko'rsatmoqda.

"Men uchun eng katta maqsadlar qo'yilmagan klubda o'zimni ruhlantirish va bor kuchimni sarflash qiyinroq. Hozir men o'zim uchun ideal joyda, futboldagi yo'limni davom ettirish uchun to'g'ri muhitdaman," - deya Reshfordning so'zlarini keltiradi Managing Barca.

"Qizil iblislar"ning 28 yoshli tarbiyalanuvchisi "Barselona" safida 24 ta o'yinda 7 ta gol va 11 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ