"Manchester Siti" Semeno uchun qaysi yulduzidan voz kechishi ma'lum bo'ldi
24 DEKABR, 2025, 08:00
"Bornmut" vingeri Antuan Semeno "Manchester Siti"ga o'tish arafasida turibdi. "Shaharliklar" ganalik uchun kurashda "Manchester Yunayted" ustidan g'alaba qozondi, bu haqda seshanba kuni ma'lum bo'ldi. Hozirda tomonlar kelishuvga erishish arafasida turibdi. Jurnalist Eduardo Burgosning ma'lumotiga ko'ra, yuqori ehtimollik bilan vinger Savio Semeno qo'lga kiritilgan taqdirda sotiladi. Braziliyalik futbolchi yana bir yulduz raqobatchi paydo bo'lsa, tarkibdan o'rin olishi dargumon.
Transfermarkt portali Savinoning narxini 45 mln evroga baholamoqda. 21 yoshli futbolchiga "Tottenxem" qiziqish bildirmoqda - uning "shporlar" safiga o'tishi haqidagi gap-so'zlar joriy mavsum boshlanishidan oldin ham bor edi.
