Fabritsio Romano Shkrinyarning "Milan"ga o'tish imkoniyatiga baho berdi
24 DEKABR, 2025, 07:54
Taniqli insayder Fabritsio Romano "Milan" "Fenerbaxche" markaziy himoyachisi Milan Shkrinyarga qiziqish bildirayotgani haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi.
"Inter"ning 30 yoshli sobiq futbolchisi "rossonerilar"ning qishki transferlar oynasidagi maqsadlaridan biri sifatida tilga olindi.
"Milan"da boshqa profildagi himoyachi qidirilmoqda. Shkrinyar "Fenerbaxche" sardori, u sotilmaydi. Hozircha uning "Milan"ga o'tishi mumkinligini taxmin qilish uchun hech qanday asos yo'q," - deydi transferlar bo'yicha mutaxassis Romano.
Milan Shkrinyar 2017 yildan 2023 yilgacha "Inter" sharafini himoya qilgan. O'tgan yozda "Fenerbaxche" slovakni "PSJ"dan 6 mln evroga sotib olgandi. Transfermarkt portalida futbolchining narxi - 11 mln evro.
