logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:26
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Portugaliya bosh murabbiyi terma jamoani JCh favoriti sifatida ko'rmayapti

 24 DEKABR, 2025, 06:18

Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines o'z terma jamoasi JCh-2026 favoriti emas, balki g'oliblikka da'vogarlar qatoriga kirishini ta'kidladi.

"Menimcha, jahon chempionatida g'alaba qozonganlarnigina favorit deb atash mumkin. Psixologik nuqtai nazardan, oldingi avlodlar ushbu turnirni qo'lga kiritganini bilish alohida kuch bag'ishlaydi. Shunday bo'lsa-da, men futbolchilarimga katta ishonch bilan qarayman," - deya Martinesning so'zlarini keltiradi Marca.

Mutaxassisning fikricha, Ispaniya va Germaniya kabi terma jamoalar jahon chempionatiga juda yaxshi holatda kelishmoqda. Frantsiya, Braziliya va Argentina esa, uning fikricha, katta turnirlar uchun yaratilgan.

Jahon chempionati 2026 yilning yozida AQSh, Kanada va Meksikada bo'lib o'tadi. Unda tarixda ilk bor 48 ta terma jamoa ishtirok etadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ