logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:47
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Germaniyalik futbolchi qishki ta'til vaqtida fojiali hodisa tufayli halok bo'ldi

 24 DEKABR, 2025, 06:12

"Ertsebirge" sobiq himoyachisi Sebastyan Xertner 34 yoshida vafot etdi, deya xabar berdi klub matbuot xizmati.

Germaniyalik futbolchi qishki ta'til paytida sodir bo'lgan fojiali hodisa tufayli 2025 yil 20 dekabrda vafot etdi. Bild nashri ma'lumotlariga ko'ra, Xertner Chernogoriyadagi Savin-Kuk tog'-chang'i kurortida 70 metr balandlikdan qulagan.

"Shtutgart" tarbiyalanuvchisi "Myunxen-1860", "Ertsebirge", Berlinning "Dinamo", "Tevtoniya 05" va "ETSV Gamburg" klublarida o'ynagan. Ikkinchi Bundesligada uning hisobida 95 ta o'yin va 4 ta golli uzatma bor.

Xertner Germaniya U-19 terma jamoasiga chaqirilgan va 5 ta o'yinda maydonga tushdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ