logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:40
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Manchester Yunayted" Zirkzeening kelajagi bo'yicha qaror qabul qildi

 24 DEKABR, 2025, 06:06

"Manchester Yunayted" yanvar transfer oynasida hujumchi Joshua Zirkzeni tarkibda saqlab qolishni rejalashtirmoqda, deya xabar bermoqda ESPN manbalarga tayanib.

Manbalarga ko'ra, bunday qaror ko'p sonli jarohatlanganlar va futbolchilarning Afrika Kubogiga ketishi bilan bog'liq.

Muntazam o'yin amaliyotida muammolarga duch kelayotgan 24 yoshli niderlandiyalik futbolchiga "Vest Xem" va "Roma" qiziqish bildirmoqda.

Hujumchi 2025/26 yilgi mavsumda 11 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan. Uning "MYu" bilan shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar imzolangan.

Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 25 million evroga baholagan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ