logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:48
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Angliya liga kubogi. «Arsenal» penaltilar seriyasida «Kristal Pelas»ni mag'lub etdi (videosharh)

 24 DEKABR, 2025, 05:54

"Arsenal" Angliya Liga Kubogi 1/4 finali doirasida o'z maydonida "Kristal Pelas"ni mag'lub etdi - 1:1 (penalti - 8:7).

Uchrashuvning asosiy vaqtida mehmonlarning frantsiyalik himoyachisi Maksens Lakrua 80-daqiqada to'pni o'z darvozasiga joylab qo'ydi. 90+5-daqiqada "Kristal Pelas"ning angliyalik himoyachisi Mark Gexi hisobni tenglashtirdi.

Lakrua o'yindan keyingi seriyada penaltidan gol ura olmagan yagona futbolchiga aylandi.

"Arsenal" barcha turnirlarda qatorasiga to'rtinchi g'alabani qo'lga kiritdi. "Kristal Pelas" 4 o'yindan iborat g'alabasiz seriyaga ega.

Angliya Liga Kubogi yarim finalida "Arsenal" "Chelsi" bilan kuch sinashadi.

Angliya Liga kubogi. 1/4 final
23 dekabr, 01:00. Emireyts (London)
Arsenal - Kristal Pelas - 1:1. Penaltilar - 8:7
Gollar: Lakrua, 80 - o'z darvozasiga (1:0). Gexi, 90+5 (1:1)
Penaltilar seriyasi: Edegor - (1:0). Mateta - (1:1). Rays - (2:1). Devenni - (2:2). Saka - (3:2). Xyuz - (3:3). Trossar - (4:3). Sosa - (4:4). Merino - (5:4). Lerma - (5:5). Kalafori - (6:5). Uorton - (6:6). Timber - (7:6). Uche - (7:7). Saliba - (8:7). Lakrua - (8:7)(darvozabon)
Arsenal: Arrisabalaga, Saliba, Kalafori, Lyuis-Skelli, Timber, Nergor, Merino, Eze (Edegor, 67), Martinelli (Trossar, 59), Madueke (Saka, 67), Gabriel Jezus (Rays, 86)
Kristal Pelas: Benites, Lakrua, Gexi, Richards (Xyuz, 75), Lerma, Uorton, Mitchell (Sosa, 90+11), Kanvo (Klayn, 46), Nketia (Devenni, 46), Pino (Uche, 86), Mateta
Ogohlantirishlar: Arrisabalaga, 89

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ