logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:50
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Vadim Abramov: «Tarkib asosini deyarli saqlab qoldik, ketganlar o'rniga yangi o'yinchilarni taklif qilamiz»

 24 DEKABR, 2025, 02:24

«Dinamo» jamoasi 20 kunlik qishki ta'tildan qaytib, bugundan Samarqandda 2026 yilgi mavsumga tayyorgarlikni boshladi. Yig'in oldidan jamoa bosh murabbiyi Vadim Abramov klub matbuot xizmatiga intervyu berib, rejadagi yig'inlar, tarkib, selektsiya jarayoni va 28 dekabr kuni Samarqandda «Qizilqum»ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazilishini ma'lum qildi.

«Bugundan mashg'ulotlarni boshladik, hozircha betobligi yoki jarohati sabab yig'inda ishtirok eta olmayotganlar bor. Legionerlar esa yanvar oyi boshidan safga qo'shila boshlaydi. Samarqanddagi yig'inimiz yakunida ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazamiz. Yangi yil bayramidan oldin 3 kunga dam berib, 3 yanvardan Toshkentda yig'in boshlaymiz.

28 dekabr kuni «Qizilqum»ga qarshi o'yin o'tkazilsa, 29 dekabrda Andijonning boshqa bir jamoasi bilan nazorat bahsi o'tkaziladi. Ikkisi ham Samarqandda o'tadi. Ikkinchi yig'in Toshkentda o'tadi, chunki bu erda hozircha mashg'ulot uchun tayyor maydon yo'q. Toshkentda bir qator o'rtoqlik bahslari belgilangan. Bu bahslarda tarkib shakllangan bo'ladi.

Uchinchi yig'in esa Abu-Dabida o'tkaziladi. Xorij yig'iniga shakllangan tarkib bilan boramiz. U erda kuchli raqiblar ko'p, ularga qarshi kamida 3ta o'yin o'tkazamiz.

Qaysi chiziqlarni kuchaytirishni rejalashtiryapmiz? Jamoani tark etgan o'yinchilar o'rniga yangi futbolchilar taklif etiladi. Umuman olganda esa tarkib asosini deyarli saqlab qoldik, ketganlar o'rnini esa munosib o'yinchilar bilan to'ldiramiz», - deydi Vadim Karlenovich.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ