Mbappe «Bavariya» yulduzini «Real»ga chaqirdi
23 DEKABR, 2025, 23:00
Madridning "Real" klubi hujumchisi Kilian Mbappe jamoa tarkibiga frantsiyalik yulduz futbolchi kelishini istamoqda.
L'Equipe nashri xabariga ko'ra, Kilian hozirda "Bavariya" safida harakat qilayotgan Maykl Oliseni "Real"ga chaqirgan. 24 yoshli frantsuzga Angliyaning bir qator grandlari ham da'vogarlik qilmoqda.
Olise hozirda Transfermarkt portalida 130 million evroga baholanmoqda. Uning shartnoma muddati 2029 yil yozigacha mo'ljallangan.
Frantsuz joriy mavsumda jami 25 ta o'yinda 10 ta gol urib, 14 ta golli uzatma amalga oshirdi.
