"Chelsi" yulduz futbolchi uchun APL grandlari bilan kurashga kirishdi
23 DEKABR, 2025, 18:42
"Bornmut" hujumchisi Antuan Semenoga Angliya Premer-ligasining ko'plab top-klublari qiziqish bildirmoqda. Sky Sports’ga ma'lum bo'lishicha, Semeno uchun kurashga "Chelsi" kirishgan. London klubi 25 yoshli futbolchining ehtimoliy transferi bo'yicha ma'lumot so'radi.
Avvalroq, matbuot Semenoni "Liverpul", "Manchester Siti" va "Manchester Yunayted" kabi klublar bilan faol bog'lagan edi.
Semeno hujumda uchta pozitsiyada harakat qila oladi - ikkala qanotda va markaziy hujumda. Futbolchi ayni damda Premer-liga to'purarlar poygasida 8 ta gol bilan uchinchi o'rinni bo'lishib turibdi. Nufuzli Transfermarkt portali mutaxassislari Semenoni 65 million evroga baholamoqda.
