"Arsenal" yulduz vingerini sotuvga qo'ydi
23 DEKABR, 2025, 17:36
Londonning "Arsenal" klubi qishda qanot vingeri Gabriel Martinelli bilan xayrlashishi mumkin.
Ma'lumotlarga ko'ra, "kanonirlar" 24 yoshli braziliyalik futbolchini transferga qo'ygan va uni Turkiyaning "Fenerbaxche" klubiga taklif qilgan.
Martinelli hozirda Transfermarkt portalida 45 million evroga baholanmoqda. U joriy mavsumda 19 ta o'yinda 6 ta gol urib, 1 ta golli uzatma berdi.
