logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:03
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Dinamo» yangi mavsumga BAAda tayyorgarlik ko'radi

 23 DEKABR, 2025, 15:54

Bugun, 23 dekabrdan «Dinamo» jamoasi Samarqandda yangi mavsum tayyorgarlik rejasi doirasidagi dastlabki o'quv-mashg'ulot yig'iniga kirishadi.

Yangi mavsumda yangi marralarni ko'zlayotgan «Dinamo»ning tayyorgarlik rejasi ishlab chiqilgan bo'lib, selektsiya ishlari ham davom ettirilmoqda. Vadim Abramov boshchiligidagi jamoamiz 23-30 dekabr kuni Samarqandda mashg'ulotga kirishsa, Yangi yil bayramidan keyin – 3 yanvar kuni Toshkentda o'quv-mashg'ulot yig'inini boshlaydi. Poytaxtda o'tadigan ikki haftalik tayyorgarlik jarayonidan so'ng «Dinamo» jamoasi 16 yanvardan Birlashgan Arab Amirliklariga yo'l oladi.

Abu-Dabida o'tadigan ikki haftalik yig'in davomida bir qator xorij klublari bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazilishi rejalashtirilgan. Bu haqda batafsil ma'lumot beriladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ