Balotellining navbatdagi manzili Saudiya bo'lishi mumkin
23 DEKABR, 2025, 12:54
Italiyalik mashhur hujumchi Mario Balotelli faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin.
Xabarlarga ko'ra, 35 yoshli italiyalikni "Al-Ittifoq" o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Transfermarkt 400 ming evroga baholayotgan va hozirda erkin agent bo'lgan forvardga 2028 yilgacha mo'ljallangan shartnoma tayyorlanmoqda.
