logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 17:22
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
"Yuventus" kuchli beshlik chempionatlaridagi eng yaxshi startni takrorladi

 16 DEKABR, 13:05 147

Allegri shogirdlari "Roma" ustidan g‘alaba qozonishsa, bu borada mutlaq rekordchiga aylanib olishlari mumkin.

Kecha Krishtianu Ronalduning penaltidan kiritgan golidan so‘ng Turin derbisida “Torino”dan ustun kelgan “Yuventus” shu tariqa mavsumdagi 15-g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

E’tiborlisi, “keksa sinora” kechagi g‘alabadan so‘ng Evropaning kuchli beshlik chempionatlari tarixidagi eng yaxshi startni takrorladi. Qayd etish lozimki, bundan avval faqatgina 3ta klub – “Tottenxem” (1960/1961), “Barselona” (2012/13) va “Manchester Siti” (2017/18) qayd eta olgan xolos.

Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, Massimiliano Allegri shogirdlarining navbatdagi turda qo‘lga kiritadigan g‘alabasi ularni bu borada mutlaq rekordchiga aylantiradi. Ular keyingi turni 23 dekabr kuni o‘z maydonida “Roma”ga qarshi o‘tkazishadi."Yuventus" kuchli beshlik chempionatlaridagi eng yaxshi startni takrorladi

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 2
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR