Abbosbek Fayzullaev Turkiya chempionati tur ramziy jamoasida (foto)
23 DEKABR, 2025, 12:42
Turkiya chempionatida 17-tur o'yinlari yakunlandi.
SofaScore portali ushbu turda eng yuqori ball olgan futbolchilardan iborat ramziy jamoa tuzib chiqdi. Undan "Istanbul Bashakshehir" sharafini himoya qilayotgan Abbosbek Fayzullaev ham o'rin oldi.
22 yoshli futbolchimiz "Gaziantep"ga qarshi o'yinda (5:1) 1 ta gol urdi. Shuningdek raqibning 1 ta avtogoli ham aynan Abbosning uzatmasidan so'ng kiritildi.

