Mareska "Aston Villa"ga qarshi o'yinda "Chelsi"ni boshqarmaydi
23 DEKABR, 2025, 12:30
Londonning "Chelsi" klubi bosh murabbiyi Entso Mareska Angliya Premer-ligasi doirasidagi "Aston Villa"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi.
Gap shundaki, Angliya chempionatining 17-turidan o'rin olgan "Nyukasl"ga (2:2) qarshi bahsda Mareska navbatdagi sariq kartochkasini olganidan so'ng, "Aston Villa"ga qarshi o'yin uchun diskvalifikatsiya qilindi. Murabbiyning o'zi bu kartochkaga quyidagicha izoh berdi:
"Men norozi bo'ldim, chunki qoidabuzarliklardan biri biz uchun sariq kartochkaga aylandi, lekin ular xuddi shunday qoidabuzarlikni uch-to'rt marta sodir etishdi, sariq kartochka esa yo'q edi, shuning uchun men savollar berdim va hakamga shikoyat qildim."
Premer-liga 18-turidan o'rin olgan "Chelsi" - "Aston Villa" bahsi 27 dekabr kuni bo'lib o'tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 22:30 da start oladi.
