logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:05
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Betis" klub rekordini takrorladi

 23 DEKABR, 2025, 12:18

Ispaniyaning "Betis" klubi "Xetafe" darvozasiga 4 ta to'p kiritib, yilni ajoyib tarzda yakunladi va Ispaniya chempionati turnir jadvalida 6-o'ringa ko'tarilib oldi. Ushbu g'alaba sevilyaliklar uchun 2025 yilda klub ishtirok etgan barcha turnirlarni hisobga olgan holda taqvim yilining 29-g'alabasi bo'ldi.

Bunday ko'rsatkich to'rt yil avval, 2021 yilda o'rnatilgan klub rekordining takrorlanishi bo'ldi. Endi jamoani keyingi turda Madridda og'ir imtihon kutmoqda - "Real"ga qarshi o'yin. U to'rtinchi yanvarda bo'lib o'tishi kerak.

Eslatib o'tamiz, "Betis" faqat bir marta - 1935 yilda, fuqarolar urushi boshlanishidan bir yil oldin Ispaniya chempioni bo'lgandi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ