"PSV" futbolchisining tovon puli turk klubi tomonidan to'lab beriladi
23 DEKABR, 2025, 10:30
"Fenerbaxche" Niderlandiyadan futbolchi xarid qiladi. ESPN nashrining yozishicha, yanvar oyida "PSV" yarim himoyachisi Joey Veerman Turkiyaga yo'l olishga yaqin turibdi. "Fenerbaxche" 27 yoshli futbolchi shartnomasidagi 20 million evrolik tovon pulini to'lab berishi kutilmoqda.
Veerman o'z jamoasiga 2022 yilda kelib qo'shilgan va shundan beri 178 ta bahsda 31 ta gol urishga erishdi. "PSV" esa bu mavsumda mamlakat chempionligi uchun kurashmoqda.
