logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:13
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Drikus Dyu Plessi oktagonga qaytish muddatini aytdi

 23 DEKABR, 2025, 09:00

Xamzat CHimaevga qarshi jangda o'rta vazn UFC chempionlik kamarini boy bergan Drikus Dyu Plessining tatili cho'zilib ketdi.

Janubiy Afrika Respublikasi vakili kelasi yilning bahorida oktagonga qaytishni rejalashtirmoqda.

"Ochig'i, bundan keyin kim bilan jang qilishimni o'zim ham bilmayman. Divizionda hozir tartibsizlik, barqaror g'alaba qozonayotgan hech kim yo'q. Muammo ham shunda. Barqarorlik bo'lmasa, raqibni qanday tanlash kerak? UFC bilan gaplashdim va kelasi yilning birinchi choragi menga juda mos keladi. Martning oxiri, aprelning boshi - ayni muddao bo'lardi", - dedi Drikus Fight Forecast’ga bergan intervyusida.

Avvalroq, Drikus Dyu Plessi Brendan Allenga qarshi oktagonga chiqishini aytgandi. Allen niderlandiyalik Rene de Ridderni muddatidan oldin mag'lub etganidan keyin Dyu Plessini jangga chorlagandi. 



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ