logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:53
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Liverpul» Isakning jarohati bo'yicha rasmiy bayonot berdi

 23 DEKABR, 2025, 05:42

"Liverpul" hujumchisi Aleksander Isak APLning 17-turidan o'rin olgan "Tottenxem"ga (2:1) qarshi bahsda olgan jarohatidan so'ng muvaffaqiyatli operatsiya qilindi.

"Shporlar" himoyachisi Mikki van de Ven mersisaydliklarning o'yindagi ilk golini urayotgan forvardni "podkat"da yiqitdi. Shundan so'ng darhol Isakni almashtirishga to'g'ri keldi va u shifokorlar yordamida maydonni tark etdi.

"Tashxisdan so'ng, bugun kichik boldir suyagi sinishi bilan to'piq jarohati tufayli operatsiya qilindi. Isakning reabilitatsiyasi mashg'ulotlar markazida davom etadi, uning qaytish muddati hali aniq emas," - deyiladi klub bayonotida.

26 yoshli shvetsiyalik sentyabr oyida "Nyukasl"dan 145 million evro evaziga "Liverpul"ga o'tgan edi. Isak mersisaydliklar safida 16 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ