«Here we go»: Endrik - «Lion» futbolchisi!
23 DEKABR, 2025, 05:36
"Lion" "Real" hujumchisi Endrikni ijaraga olishga kelishib oldi, deya xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano.
Manbaga ko'ra, kelishuv 2025/26 yilgi mavsum oxirigacha mo'ljallangan. Shartnomada sotib olish imkoniyati yo'q va klublar futbolchining maoshini teng ikkiga bo'ladi.
2025/26 yilgi mavsumda 19 yoshli braziliyalik uchta o'yinda maydonga tushib, gol ura olmadi. Endrikning "Real" bilan shartnomasi 2030 yilning yozigacha amal qiladi. Umuman olganda, hujumchi madridliklar safida 40 ta o'yinda 7 ta gol urgan.
